Slovakiya bosh vaziri Fitso O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, uning yakunida hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8–10-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston-Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Ustuvor yo‘nalishlar — savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunida O‘zbekiston–Slovakiya hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Izohlar