Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi
Ularga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilgan.

Sirdaryo viloyatida Shirin shahridagi xonadonlardan birida yong’in ichida qolib ketgan 3 nafar voyaga yetmagan bola qutqarib qolindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17 fevral kuni soat 14:30 da Shirin shahrining Amir Temur mahallasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruvchilari yetib borib, alangani soat 14:37 da to‘liq o‘chirgan.
Yong‘inni bartaraf etish vaqtida xonadon ichida uch nafar voyaga yetmagan – 2019 yilda tug‘ilgan J.J., 2020 yilda tug‘ilgan J.M. hamda 2022 yilda tug‘ilgan J.I. qutqarib olingan. Ularga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Sirdaryoda Qizil kitobga kiritilgan burgutni tutqunlikda saqlagan shaxs jarimaga tortildi Sirdaryodagi bog‘chada amaliyotchi 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchdi
Soʻnggi yangiliklar







