O‘zbekiston

Sirdaryoda yirik “Sultonhovuz” suv ombori quriladi

Loyiha qishloq xo‘jaligi yerlarida suv ta’minotini yaxshilash uchun amalga oshirilmoqda.

Фото: Ситуативное

2026-yilda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 100 million kub metr sig‘imga ega “Sultonhovuz” suv omborining qurilishi boshlanishi haqida prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektar maydondagi loyiha natijasida yiliga 2 marta hosil olish mumkin bo‘ladi. Prezident yerlarning meliorativ holatini saqlash uchun 16 ming kilometr kollektor-drenaj kanallarini bosqichma-bosqich tozalash bo‘yicha topshiriq berdi.

Aniqlik kiritilishicha, viloyatda 200 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan. Sirdaryoda sho‘rlangan yerlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tajriba loyihasi sinovdan o‘tkazilib, uning natijalari asosida ularning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Mutasaddilarga Sirdaryoni suv hisobini yuritish bo‘yicha namunaviy hududga aylantirish vazifasi qo‘yildi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida kanalizatsiya suvini Chorvoqqa oqizib yuborgan suv ombori xodimi jazolangandi.

Qazilgan ariqlar va yotqizilgan quvurlar demontaj qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная