Sirdaryoda tomogʻiga ovqat tiqilib qolgan 2 yashar bogʻcha bolasi vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo viloyatida 2 yoshli bogʻcha tarbiyalanuvchisi tomogʻiga ovqat tiqilib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 7-avgust kuni soat 11:10 larda Mirzaobod tumanida sodir boʻlgan. Yoʻldoshobod MFYda joylashgan YATT “A,Z,A,” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 2022-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchisi I.S. (oʻgʻil bola) toʻsatdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, I.S.ning oʻlimiga nafas yoʻllarining ovqat massasi bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab boʻlgan.
Manbaga koʻra, hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi Zangiotada prokurorning katta yordamchisi psixofaol modda bilan ushlandi Erkinjon Turdimovning Samarqanddagi matbuot kotibi Sirdaryo hokimligida ish boshladi
Soʻnggi yangiliklar







