Sirdaryoda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘liga igna sanchgani aytilmoqda
Hozirgi kunda qizchaning jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Sirdaryo viloyatidagi maktabda bolaga nisbatan yana bir zo‘ravonlik holati sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 27-maktabning birinchi sinfida o‘qiyotgan qizning otasi murojaati paydo bo‘ldi. Uning xabar berishicha, Go‘zal ismli o‘qituvchi qizining qo‘llariga igna sanchib, hojatxonaga chiqishiga ruxsat bermay, sinf eshigini qulflab qo‘ygan.
Shu tariqa u qizga psixologik bosim o‘tkazgan. Otaning fikricha, bunga qo‘shimcha darslar uchun 50 ming so‘m to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ofisi vaziyat o‘rganilayotgani, tuman IIB tomonidan o‘qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangani haqida xabar berdi.
Qizning jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi