17 Oktabr 2024, 14:51 Oʻzbekiston

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani rad etildi

Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan.

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani rad etildi

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolangani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 14-oktyabr kuni fuqaro E.G‘. IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning A.G. ismli ayol o‘qituvchisi maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan, 2017-yilda tug‘ilgan qizi G‘.O.ning qo‘liga igna tiqqani va hojatxonaga chiqarmasdan tazyiq o‘tkazganini bildirgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JXX HPB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. Surishtiruv davomida mutaxassislar tomonidan ushbu maktabning 1-“E” sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazganida suhbatda ishtirok etgan 28 nafar o‘quvchi o‘qituvchisi hech qanaqa qo‘pollik qilmaganini, G‘.O.ni urishmaganini, unga igna tiqmaganini bildirgan.

Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. Ota-onalar tomonidan esa o‘qituvchi ijobiy tavsiflangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Voyaga yetmagan G‘.O.ning tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Avvalroq bolalar ombudsmani ham munosabat bildirib, mazkur holatni o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi.

Mashhur yangiliklar