Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi
Yangiyer shahrida 5 mlrd 25 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex fosh etildi.

Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahri boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan
Unda “Y.Z.” MChJ masʼul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi Ikki kunlik “Qoradori” tadbirida 112 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







