21 Oktabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchi bilan janjallashdi

Sirdaryo tumanidagi maktabda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchi bilan janjallashib, uni urdi.

Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchi bilan janjallashdi

Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz va o‘qituvchi janjali aks etgan video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 7-oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir bo‘lgan. Videoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchi ayolga qo‘l ko‘tarib, sochidan tortganini, o‘qituvchi ham ulardan birining sochini tortganini ko‘rish mumkin. Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa o‘qituvchilar ularni ajratishga harakat qilgan.

Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar