Sirdaryoda hokimi o‘rinbosari 7 yilga qamaldi
Xovos tumani hokimi o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
U 2024-yilning may oyida o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming dollar talab qilgan. 1 000 dollar olgan vaqtida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlangan.
Xovos tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi Surxondaryoda mashinada 50 kilodan ortiq narkotik modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi