Sirdaryoda fermer xo‘jaligi 491 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sirdaryoda 491 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jalik ekinlarini suv nasoslari bilan sug‘orishda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “X.A.Ya.D.” fermer xo‘jaligi rahbari A.X. xo‘jalikka tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, 491 mln so‘mlik 545,5 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan “X.A.Ya.D.” fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi