7 Avgust 2024, 17:09 Oʻzbekiston

Sirdaryoda ETK boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Oqoltin tumanida elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi.

Sirdaryoda ETK boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.B. tumandagi “X” fermer xo‘jaligi rahbariga go‘yoki ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda elektr ta’minotidan 7,8 mln so‘m qarzdorlik hisoblanganini aytgan. Shuningdek, ushbu qarzdorlikni kamaytirib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar