2 Iyul 2024, 14:05 Oʻzbekiston

Sirdaryoda ETK boshligʻi firibgarlikda ayblanib ushlandi

Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi MCHJning elektr taʼminotidan katta miqdordagi qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 90 mln soʻm olgani aniqlangan.

Sirdaryoda ETK boshligʻi firibgarlikda ayblanib ushlandi

Guliston shahrida firibgarlik yoʻli bilan tadbirkorning 90 mln soʻmini qoʻlga kiritgan elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi D.N. shahar elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MCHJning elektr taʼminotidan 202,5 mln soʻm qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 mln soʻm mablagʻni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.

U ushbu pullar hisobidan 3 mln soʻmni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar