9 Sentabr 2024, 10:48 Oʻzbekiston

Sirdaryoda 6 ta mashina to‘qnashib ketdi

Oq oltin tumanida 6 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Sirdaryoda 6 ta mashina to‘qnashib ketdi

8 sentabr kuni soat 18:00 larda, Sirdaryo viloyati, Oq oltin tumani, “Yangi davr” mahallasi hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlida bir necha avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

Sirdaryo viloyati YHXB xabariga koʻra, Gentra rusumli avtomobil tartibga solingan piyodalar svetoforida toʻxtagan. Shunda uning orqa tomonidan oraliq masofani saqlamagan holda kelgan 5 ta avtomobil bir-biriga urilgan

Oqibatda, barcha 6 ta transport vositasi texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yoʻqligi taʻkidlanmoqda.

Hodisa yuzasidan Oq oltin tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar