29 Iyul 2024, 17:50 •Oʻzbekiston
Sirdaryoda 21 tup daraxt kesgan uch kishi ozodlikdan mahrum qilindi
Sayxunobod tumanida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesib, ularni sotgan uch kishi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan va sotgan 3 kishiga hukm o‘qildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “B.X.” fermer xo‘jaligi rahbari M.A. ikki tanishi bilan 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida o‘ziga qarashli bo‘lgan dala maydoni chetida ko‘karib turgan jami 21 tup qayrag‘och daraxtini qonunga xilof ravishda kesgan.
So‘ngra ular daraxtlarni sotib yuborgan. Buning oqibatida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Sud qarori bilan 3 kishiga mazkur zararning undirilishi belgilandi. Qolaversa, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi
13 Dekabr 2024, 09:42Toshkentda talabalarga chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi
13 Dekabr 2024, 09:094,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
13 Dekabr 2024, 08:1813-dekabr kuni harorat 12 darajagacha ko‘tariladi
13 Dekabr 2024, 07:32Tramp yil odami deb topildi
12 Dekabr 2024, 19:132025 yilda ham darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi
12 Dekabr 2024, 18:36Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi
12 Dekabr 2024, 17:58Samarqandda qiz oʻzini 8-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi
12 Dekabr 2024, 17:19