Sirdaryoda 10 ming dollarga AQSh vizasini va’da qilgan shaxs ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. fuqaro Sh.X. ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 10 ming AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytib, shundan 5 000 AQSH dollari va 26 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda 3 ming dollarni ayirboshlayotgan “valyutchik” qo‘lga olindi Namanganda ikki kishini Hajga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi Uch yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi