1 Aprel 2025, 20:41 Oʻzbekiston

Sirdaryo viloyatida avtobus uchta yengil avtomobilni urib yubordi — video

Yirik YTHda jabrlanganlar yoʻq.

Sirdaryo viloyatida avtobus uchta yengil avtomobilni urib yubordi — video

1-aprel kuni Sirdaryo viloyatida yoʻlovchi avtobusi uchta yengil avtomobilni urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, hodisa M-39 avtomobil yoʻlining Oqoltin tumani “Ahillik” mahallasi hududidan oʻtuvchi 925-kilometrida sodir boʻlgan. Yutong avtobusi Nexia, Matiz va Cobalt avtomobillari bilan toʻqnashgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda avariya oqibatida jabrlanganlar va hatto halok boʻlganlar boʻlishi mumkinligi aytilgan. YHXB maʼlumotni tasdiqlamadi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari aniqlashicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar