Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Azizbek Turdimurodov nomzodi Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanida oʻtkazilgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Turdimurodov Azizbek Maxammatqul oʻgʻli nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Turdimurodov 1994-yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tugʻilgan. 2019-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan. Mutaxassisligi axborot texnologiyalari va servis, loyihalarni boshqarish.
Мавзуга оид хабарлар:
Olimjon Jo‘rayev Guliston tumani hokimi v.b. bo‘ldi Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi boʻldi Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Nurobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







