16-19 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor, deb xabar beradi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Quyidagi hududlar xavfli hududlar deb e’lon qilindi:

  • Qashqadaryo viloyati bo‘yicha: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati bo‘yicha: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati bo‘yicha: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati bo‘yicha: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati bo‘yicha: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.