7 Aprel 2025, 11:08 Oʻzbekiston

Sinoptiklar yana oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat qildi

Togʻoldi hududlarida yashovchi fuqarolardan hushyorlikni saqlash soʻraldi.

Sinoptiklar yana oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat qildi

Oʻzgidromet sinoptiklari yaqinlashib kelayotgan ob-havo haqida favqulodda xabar eʼlon qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, kutilayotgan yomgʻirlar sababli 8-9-aprel kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi eʼlon qilingan. Quyidagi hududlar aholisidan hushyorlikni saqlash soʻralgan:

  • Qashqadaryo viloyatining: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyatining: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyatining: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri boʻyicha.

Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va togʻli hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi. Respublika hududi boʻylab yomgʻir suvlari toʻplanib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mashhur yangiliklar