Sinoptiklar qor ko‘chkisi xavfi haqida shoshilinch ogohlantirish berishdi
Bir qator hududlarda aholi hushyorlikka chaqirildi.

Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 6−9-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Xususan, quyidagi joylar xavf ostida bo‘ladi:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi).
- Namangan viloyati: Pop tumani.
U yerda yashovchi va dam oluvchi aholi, mehmonlar va sayyohlar, shuningdek, hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Avvalroq O‘zbekistonga kuchli yomg‘ir va sovuq havo kirib kelishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, havo haroratining asta-sekin pasayishi kutilmoqda.
Izohlar