O‘zbekiston

Singapurda elektron sigaretalar taqiqlandi

Ushbu mamlakatga sayohat qilishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklardan o‘zlari bilan tamaki yoqish va veyp qurilmalarini olib yurmaslik so‘ralgan.

Singapurda 1-sentyabrdan boshlab tamaki mahsulotlarini isitish moslamalari (IQOS va boshqalar), shuningdek, elektron sigaretalar (veyplar), ayniqsa “K-pods” turidagi va etomidat saqlovchi veyplar taqiqlandi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Singapurda elektron sigaretalar va tamaki isitish moslamalarini olib kirish, sotish, saqlash va ulardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Qoidalarni buzganlik uchun:

  • saqlash yoki chekish uchun — 2000 Singapur dollarigacha miqdorda jarima;
  • sotish yoki olib kirish uchun — 10 000 Singapur dollarigacha jarima va/yoki 6 oygacha qamoq jazosi (takroriy holatlarda — 20 000 Singapur dollarigacha jarima va/yoki 12 oygacha qamoq);
  • takroriy holatlarda majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Singapur “K-pods” turidagi veyplarni giyohvand moddalar bilan bog‘liq qurilmalar deb hisoblaydi. Etomidat rasman S toifasidagi giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Saqlash yoki iste’mol qilish uchun:

  • majburiy kuzatuv va reabilitatsiya dasturi;
  • takroriy hollarda — jinoiy javobgarlikka tortiladi.
  • kontrabanda uchun — 3 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Shuningdek, 5 tadan 15 tagacha qamchi bilan urish mumkin;
  • sotganlik va tarqatganlik uchun — 2 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 2 yildan 5 yilgacha qamchi bilan urish.

Qonun Singapur fuqarolariga ham, chet elliklarga ham taalluqlidir. Talabalar va ishchi viza egalari ham jazolanishi mumkin. Qonunni buzish hibsga olish va ozodlikdan mahrum qilishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, katta jarimalar, deportatsiya va mamlakatga qayta kirish huquqidan mahrum qilish. O‘zbekiston fuqarolariga elektron sigaretalarni olib kirishdan voz kechish qat’iy tavsiya etiladi.

Mavzuga doir: Elektron sigaretalarni taqiqlash: jarima, qamoq, nosvoy, qora bozor NOVA24 tahririyati qonun loyihasi tarixini keltirdi va nima uchun u faqat yomonroq qilishi mumkinligini tahlil qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная