8 Mart 2025, 16:44 Oʻzbekiston

Сhiqindidan qarzdorlarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi

Iste’molchilarga oldindan qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuboriladi va cheklov kuchga kirgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun muhlat beriladi.

Сhiqindidan qarzdorlarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi

Elektr energiyasi uchun to‘lovlar maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. Tegishli qonunni 7-mart kuni Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

“Qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar sanitariya tozalash sohasida “to‘lov intizomi»ni oshirishni maqsad qilgan”, deb ta’kidlanadi hujjat muqaddimasida.

Tuzatishlar dekabr oyida Qonunchilik palatasida yakuniy o‘qishdan o‘tdi va fevral oyida Senat tomonidan ma’qullandi.

“Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi qonunda chiqindilarni olib chiqib ketish uchun to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlik mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni cheklash imkoniyati belgilangan. Qarzdorlik bartaraf etilishi bilan cheklovlar avtomatik tarzda bekor qilinadi.

Iste’molchilarga oldindan qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuboriladi va cheklov choralari kuchga kirgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun muhlat beriladi.

Fuqarolik kodeksida energiya ta’minoti shartnomasiga qonunchilikka muvofiq “boshqa majburiyatlar»ni kiritish imkoniyati belgilangan. Shuningdek, yangi tartibni huquqiy ta’minlash maqsadida Uy-joy kodeksi va “Raqobat to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Mashhur yangiliklar