Shavkat Mirziyoyev ta’tilga chiqdi
Prezident qisqa muddatli ta’til oldi.

Prezidentning matbuot kotibi xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev ta’tilga chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari 29-sentyabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta 2025-yilning yanvarida ta’tilga chiqqandi. O‘shanda davlat rahbari 10 kun dam olib, birdaniga bir nechta yig‘ilish o‘tkazgan.
Avvalroq prezident mamlakatlarning sun’iy intellektni rivojlantirish va undan foydalanishdagi tafovutidan xavotirda ekani xabar qilingandi. BMT Bosh Assambleyasida Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellari bilan bepul almashish bo‘yicha Xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratishni taklif qildi.
Izohlar