O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselga keldi

Prezident Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselga keldi.

Davlat rahbarini aeroportda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (EPCA) Bryusselda imzolanadi.

Avvalroq tomonlar tashqi siyosat va mudofaa sohalarida ham hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishlari, bunda mintaqaviy barqarorlik, mojarolarning oldini olish va ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishiga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratishlari haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная