Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi
Oʻzbekiston prezidenti Ostonada oʻtkaziladigan SHHT sammitida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.
Sammit kun tartibidan SHHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham koʻrib chiqiladi.
Yigʻilish yakunida Ostona deklaratsiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boshqa koʻplab yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish boʻyicha hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston yetakchisi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi