O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitiga tashrif buyuradi

Tomonlar hamkorlikni muhokama qilish, shuningdek, qator qo‘shma hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17-iyun kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi va “Markaziy Osiyo — Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va XXR raisi Si Szinpin ishtirok etadi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari Xitoy raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, ushbu formatdagi birinchi sammit 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va XXR o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — Italiya” sammitida ishtirok etgani haqida xabar berilgandi. Prezident Italiya bosh vaziriga Ukrainadagi mojaroni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Izohlar

Mavzuga oid