O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi

Davlat rahbari O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ham ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni qatag‘on qurbonlarini xotirlash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga tashrif buyuradi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi. Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizni tabriklaydi. Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Mustaqillik bayrami munosabati bilan yuzlab mahbuslarni afv etgan edi. Prokuratura organlari va tegishli idoralar ozod etilganlarni yashash joylariga jo‘natishni tashkil etdi. Ozod qilinganlar profilaktik va probatsiya hisobiga qo‘yiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная