Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Prezident TDT sammitida ishtirok etadi, shuningdek, qator hujjatlar qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.
“Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Sammit yakunida Tashkilot mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.
Izohlar