3 Iyul 2024, 17:50 Oʻzbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi

Ertaga Shavkat Mirziyoyev sammit ishida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun O‘zbekiston prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mashhur yangiliklar