O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga uchib ketdi

Prezident “Markaziy Osiyo — Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga uchib ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17-iyun kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident “Markaziy Osiyo — Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etadi Bo‘lajak tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi. Davlatimiz rahbari XXR Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va XXR raisi Si Szinpin ishtirok etadi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Izohlar

Mavzuga oid