Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi
Prezident ta’lim sifati va maktablar obodligi yildan-yilga yaxshilanib borayotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev 2-sentyabr kuni o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tabrikladi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, birinchi sinflarga 720 mingdan ortiq bola borgan. Shuningdek, yil sayin ta’lim sifati va ta’lim muassasalarini obodonlashtirish yaxshilanib borayotganini ta’kidladi.
“Bugungi kunda o‘z oldimizga qo‘yayotgan katta-katta maqsadlarga erishishning asosiy omili, bosh kalitini, avvalo, ta’limda, maktablarimizda, deb bilamiz. Hech qachon unutmang, maktab — bu mo‘jiza, kitob, ustozlar o‘tadigan har bir dars — beqiyos xazinadir. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va qobiliyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan marralarga albatta yetasiz”, — dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi ochiladi. O‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
Izohlar