7 Yanvar 2025, 08:17 Oʻzbekiston

Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga chiqdi

Davlat rahbari o‘tgan yili 22-apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqan edi.

Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o‘tgan yili 22-apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqan edi. Prezident shuningdek, 2024-yil 26-iyulidan 5-avgustiga qadar ham qisqa muddatli mehnat taʼtilida bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2021-yili yanvar oyida qisqa muddatli taʼtilda bo‘lgan. Shuningdek, prezident 2019-yil avgustda ham qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqandi.

Mashhur yangiliklar