Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari hamkorligini mustahkamlashni taklif qildi
Prezident Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiyotlarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish va barqarorligini mustahkamlashga doir qator takliflarni ilgari surdi.
Davlat rahbari transport va innovatsiya infratuzilmasi, energetika, raqamlashtirish, ta’lim va xavfsizlikni rivojlantirish, shu jumladan logistika markazlari, venchur platformasi, forumlar, energetika va ilm-fan bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etishni taklif qildi. U Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, prezident:
- global beqarorlik sharoitida MDH formatining barqarorligi va zarurligini ta’kidladi hamda sa’y-harakatlarni hamkorlikning amaliy yo‘nalishlariga qaratishni taklif qildi;
- transportning barcha turlari bilan integratsiyalashgan axborot-logistika markazlarini tashkil etish va O‘zbekistonda Transportda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha MDH mamlakatlari konferensiyasini o‘tkazish taklifini ilgari surdi;
- maxsus iqtisodiy zonalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, shuningdek, startaplar va innovatsiyalarni ilgari surish uchun MDH Venchur platformasini tashkil etishni taklif qildi;
- O‘zbekiston Toshkentda “INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida MDH Innovatsion industriya forumini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi;
- MDH energetika sektorini innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda an’anaviy va “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tarafdori bo‘ldi;
- Raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha ko‘p tomonlama Harakatlar rejasini tayyorlash, fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;
- Diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi yangi Davlatlararo bitim va Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazish hamda Yoshlar innovatsiyalar laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;
- xavfsizlik masalalariga to‘xtalib, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratgan holda, MDH mamlakatlari tashqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni faollashtirishni taklif qildi, ushbu mamlakatdagi infratuzilma loyihalarida birgalikda ishtirok etishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz,
Izohlar