O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Li Chje Myonni Koreya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

Davlat rahbari Janubiy Koreya yetakchisini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Li Chje Myonni Koreya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylangani bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari o‘z maktubida Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada o‘sishiga, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Biz Koreya Respublikasi bilan do‘stona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratamiz. Aminmanki, Sizning Prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi.

Shuningdek, prezident mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Li Chje Myonni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bo‘lgandi. Demokratik partiyadan nomzod barcha saylovchilarning deyarli yarmining ovozini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Mavzuga oid