O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Mukofot xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun berilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev “Rossiya tinchlik jamg‘armasi” tomonidan Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Davlat rahbari xalqaro huquq ustuvorligi asosida yalpi va teng xavfsizlikni ta’minlashga, shuningdek, ko‘p qutbli dunyo barpo etishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun mukofotlar bilan taqdirlanishi mumkin. Mukofotga Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon ham nomzod bo‘lgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlangani xabar qilingandi. Turkmaniston tomoni O‘zbekiston rahbarining BMT Konferensiyasi doirasidagi xizmatlarini qayd etdi. Davlat rahbari Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная