O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etishni taklif qildi

Tashkilotning bosh qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish rejalashtirilmoqda.

23-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, unda Shavkat Mirziyoyev yoshlar taraqqiyoti mavzusiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish taklifini ilgari surdi. U tashkilotning bosh qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirishni taklif qildi.

Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, prezident mamlakatlarning sun’iy intellektni rivojlantirish va undan foydalanishdagi tafovutidan xavotir bildirgandi. BMT Bosh Assambleyasida Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha tajriba, amaliy yechimlar va modellar almashishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная