O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-iyun kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, qazib chiqarish, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘lishi xabar qilingandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная