Shavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi
Tomonlar oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9–11-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Bundan tashqari, Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Avvalroq O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga ko‘proq yuk jo‘natmoqchi ekani xabar qilingandi. Mamlakat Bolgariyaga yordam berishga rozi bo‘lgan.
Izohlar