Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi a’zolari bilan uchrashdi
Tomonlar delegatsiyalarning o‘zaro tashrifi va yangi iqtisodiy kelishuvlar to‘g‘risida kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi.
Davlat rahbari parlamentlararo aloqalarga, xususan, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus faoliyatiga yuqori baho berdi. Ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalarining soni ko‘paymoqda.
Ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalarining soni ko‘paymoqda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQShning yetakchi kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari soni ko‘paymoqda.
Keyingi oylarda rekord qiymatdagi kelishuv va shartnomalar imzolandi. Bu galgi tashrif davomida yangi iqtisodiy hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. AQSH Kongressi mazkur kelishuvlarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashi muhim ekani ta’kidlandi.
Senator Stiv Deyns vakillik qilayotgan Montana shtati bilan faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Shtat ishbilarmonlarining delegatsiyasini O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev Trampning taklifiga binoan AQShga uchib ketgandi. Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilari sammitida ishtirok etadi
Izohlar