16 Noyabr 2024, 17:25 Oʻzbekiston

Shavkat Mirziyoyev 9 nafar senatorni tayinladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 9 nafar senator tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev 9 nafar senatorni tayinladi

O‘zbekiston prezidenti «Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

  • Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori
  • Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori
  • Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
  • Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
  • Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori
  • Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari
  • Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori
  • Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi
  • Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Senat a’zolari etib tayinlandi.

Mashhur yangiliklar