
7 Aprel 2025, 12:31 •Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvaga boradi
Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi. Buni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.
Bu masala O‘zbekiston yetakchisining Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida ko‘rib chiqilgan, deydi u.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasidagi nutqida G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan “Yevroosiyo” guruhining bayonotini qo‘llab-quvvatlagani qayd etildi.
Tadbirlarda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Soʻnggi yangiliklar

Ikki qavatgacha bo‘lgan uylar qurilishini xususiy sektor nazorat qiladi
16 Aprel 2025, 18:03
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasida erkin savdo-sanoat zonasi tashkil etiladi
16 Aprel 2025, 17:02
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etilishi mumkin
16 Aprel 2025, 16:03
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga ko‘chiriladi
16 Aprel 2025, 14:27
Buxoroda 10 yoshli qiz maktab yaqinidagi quduqqa tushib ketib, vafot etdi
16 Aprel 2025, 14:09
OpenAI X uslubidagi ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqishni boshladi
16 Aprel 2025, 13:38
“Tolibon” Afgʻonistonning besh yillik rivojlanish rejasini belgilab oldi
16 Aprel 2025, 12:28
Oʻzbekistonda oltin narxi yana rekordni yangiladi
16 Aprel 2025, 12:10