Shamolli va changli: 31-may uchun ob-havo
Tog‘larda yog‘ingarchilik va sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

31-may kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 28-30° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° iliq;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° iliq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklarni salqin dam olish kunlari kutayotgani xabar qilingandi. Mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izohlar