Shahrisabzda kriminogen vaziyat yaxshilanadi
Mutasaddilarga “IIBning hududiy boshqaruv tizimi”ni joriy etish topshirildi.

So‘nggi besh oyda Qashqadaryo viloyatining 551 ta aholi punktida birorta ham jinoyat sodir etilmagan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, har uchinchi jinoyat viloyat markazidan uzoqda joylashgan va sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahrida sodir etilmoqda. Mutasaddilarga tumanlarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “hududiy ichki ishlar organlari boshqaruv tizimi”ni joriy etish topshirildi.
Bu holatda viloyat IIBning xavfsiz turizm tizimi Shahrisabzda joylashtiriladi, u ushbu beshta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga mas’ul bo‘ladi. Qashqadaryo viloyatida 5,5 ming nafar ishsiz yoshlar bor. Yana 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelmoqda.
“Yoshlar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlab, ularni “Yoshlar biznesi” dasturi, oliy o‘quv yurtlarining 13 ming nafar bitiruvchisini “Kelajakka qadam” dasturi bilan qamrab olish vazifasi qo‘yildi. Yana 5 ming nafar yoshlar qishloq xo‘jaligida daromad topishi mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, mojaro zonalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha dunyoda rekord darajadagi holat qayd etilgan. BMT bosh kotibi batafsil ma’ruza qildi.
Izohlar