Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun jarimaga tortildi
Bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilayotgani aks etgan videosi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Avvalroq bokschi Shahram G‘iyosovning og‘zi berkitilgan ayiq bilan jang qilayotgani aks etgan videosi tarqalgach, Ekologiya vazirligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi. Vazirlik axborot xizmati holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shahram G‘iyosovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzar BHMning 3 baravari — 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, ayiq Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.
Shahram G‘iyosov vazirlikka chaqirtirilib, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlash va turli maqsadlarda foydalanish, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish taqiqlangani tushuntirildi.
“O‘z navbatida Shahram G‘iyosov uzr so‘rab, o‘z xatosini tushunib yetgani va bunday holat boshqa takrorlanmasligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berildi Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda Bo‘stonliqda Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi
Soʻnggi yangiliklar







