Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi
Prezident farmoni bilan endilikda sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi.

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilariga ham ustama toʻlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.
“Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi”, deyiladi postda.
Мавзуга оид хабарлар:
2025-yildan ayrim tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin Xorijiy til sertifikatiga ega davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi Ayrim fan o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi Malaka sertifikatidan yuqori ball olgan o‘qituvchilarga qo‘shimcha 70 foiz ustama beriladi
Soʻnggi yangiliklar







