Senator Tolibjon Umarov 12 ballik tizim qachondan kuchga kirishini aytdi
Unga koʻra, hozirda mazkur qonun loyihasi muhokamada va tashabbuskorlar uning usta ishlamoqda.
Oliy Majlis Senati senatori Tolibjon Umarov yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 12 ballik tizim qachondan kuchga kirishi haqidagi savolga javob berdi.
Unga koʻra, hozirda mazkur qonun loyihasi muhokamada va tashabbuskorlar uning usta ishlamoqda.
“Qonun muhokamada turibdi, agar maʼqullansa, haqiqiy deb topilsa, kuchga kiradi. Hozirda buni fuqarolar qanday qabul qiladi, haydovchilar qanday qabul qiladi va bu qanchalik toʻgʻri ekani bizni ham qiziqtirmoqda.
Agar norma boʻlganida haligi ikki nafar maktab oʻquvchisi YTHda halok boʻlmagan boʻlardi. Chunki ushbu qonunda 3 yilgacha mashina haydash huquqidan mahrum qilish degan joylari bor.
Tashabbuskorlar bilan juda koʻp tortishdik, bizning asosiy maqsad mazkur qonun loyihasi birinchi navbatda amaldagi qonunchilik talablariga tushishi, ikkinchisi bevosita inson manfaati”, deydi senator.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni mashina urib yubordi