O‘zbekiston

Sea Breeze dam olish maskani qurilishiga 5 mlrd dollar sarmoya kiritilmoqda

Birinchi bosqichda 100 gektar maydon o‘zlashtiriladi.

Sea Breeze dam olish maskani qurilishiga 5 mlrd dollar sarmoya kiritilmoqda

Toshkent viloyatida Sea Breeze dam olish maskani qurilishiga 5 mlrd dollar sarmoya kiritiladi, deb xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilishning investori Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi bo‘ladi. Qurilish 577 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 100 gektari birinchi bosqichda o‘zlashtiriladi. Mamlakatdagi eng yirik loyihalardan biriga aylanadigan loyiha turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy sayyohlarni jalb qilishga yordam berishi kerak.

Ta’kidlash joizki, loyiha doirasida bosqichma-bosqich 10 ta ixcham hududga bo‘lingan markaz qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning har birida dam olish maskanlari va kerakli xizmatlar bir qadam masofada paydo bo‘ladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida suv havzasining ikki qirg‘og‘i o‘rtasida ko‘prik qurish rejalashtirilgan.

Suv bo‘yida xiyobon, plyajlar va dam olish zonalari, yonbag‘irlarda esa mehmonxonalar, kottejlar, turar-joy binolari, restoranlar va tomosha maydonchalari barpo etiladi. Bundan tashqari, hududda madaniy, ta’lim, tibbiyot va sport obyektlari paydo bo‘ladi, bu esa majmuaning nafaqat sayyohlik yo‘nalishida rivojlanishiga, balki yil davomida yashash joyiga aylanishiga imkon beradi.

Avvalroq Surxondaryoda yangi “Sangardak” turistik markazi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Hokimiyat hududda to‘rtta mehmonxona va o‘nta mehmon uyini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid