12 Fevral 2025, 13:46 Oʻzbekiston

Sanepidqoʻmita: Haj va Umraga boruvchilar meningitga qarshi emlanishi zarur, talab bekor qilinmagan

Haj va Umra ziyoratlariga borayotganlar meningitga qarshi vaksina olish talabi bekor qilingani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi.

Sanepidqoʻmita: Haj va Umraga boruvchilar meningitga qarshi emlanishi zarur, talab bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Haj va Umra ziyoratlariga borayotganlar meningitga qarshi vaksina olish talabi bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Sanepidqoʻmita ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, talab oʻz kuchida ekanini maʼlum qildi.

Saudiya Arabistoni Qirolligi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2024-yilning dekabr oyida 2025-yildan boshlab Umra va Haj amallarini bajarish uchun keladigan barcha ziyoratchilarning meningit infeksiyasiga qarshi emalanganlik toʻgʻrisidagi hujjati boʻlishi shartligini talab qiluvchi meʼyoriy hujjat chiqargan edi.

Sanepidqoʻmita “endi vaksina olmasdan Umraga borsangiz boʻladi”, mazmunidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, Haj va Umra ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat boʻlishi zarurligini taʼkidladi.

“Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi”, deyiladi qoʻmita xabarida.

Mashhur yangiliklar