Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Jomboy hamda Oqdaryo tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Urgut va Samarqand tumanlarida faoliyat yurituvchi YATT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo do‘koni hamda novvoyxonasida o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulangan. Natijada jami 230 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Jomboy tumanidagi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda, 191,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bundan tashqari, Oqdaryo tumanidagi “T-Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi DXX yoʻl qurilishi sohasidagi poraxoʻrlik holatini fosh qildi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi