12 Dekabr 2024, 08:18 Oʻzbekiston

Samarqanddagi “zapravka”da yongʻin sodir boʻldi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Samarqanddagi “zapravka”da yongʻin sodir boʻldi

Samarqand Pastdargʻom tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi. Viloyat FVB axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 11-dekabr kuni soat 21:00 da tumanning Goʻzalkent qoʻrgʻoni Goʻzalkent mahallasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga jalb qilingan. Ekipaj voqea joyiga soat 21:27 da yetib borib, soat 21:50 da yongʻinni toʻliq bartaraf qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, shoxobchada suyultirilgan gaz yoqilgʻisi (propan)ni toʻkib olish vaqtida texnologik jarayonlar buzilishi oqibatida vintelda gazning lokal yonishi sodir boʻlgan.

“Hodisa tufayli bino va inshootlarga, shuningdek, texnika vositalariga zarar etmagan. Jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar